Ronaldu joriy yil yakunida faoliyatini tugatishi mumkin
Sport
−
10:02 767 1 daqiqa
Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu joriy yil yakunidan so‘ng professional faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda Portugaliya terma jamoasi sardori “Vogue” jurnaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Bu mening futboldagi so‘nggi yilim bo‘lsa kerak va men katta meros qoldirmoqchiman. Men nafaqaga chiqqanimdan keyin nima qilishimni allaqachon bilaman. Rejalarim juda ko‘p, shuning uchun faqat bittasini ajratib ko‘rsatish qiyin”, deydi futbolchi.
Ronaldu faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ko‘proq dam olish, sayohat qilish va o‘ziga yoqadigan padel sporti bilan shug‘ullanishni xohlashini aytdi.
“Men ko‘proq dam olishni, sayohat qilishni, padel tomosha qilishni va o‘ynashni xohlayman. Bu menga juda yoqadi. Shuningdek, erishgan barcha yutuqlarimdan zavqlanmoqchiman. Axir, men 25 yillik faoliyatimni ortda qoldirdim. Bu davr ko‘plab qurbonliklar va qiyinchiliklarni o‘z ichiga olgan”, deya qo‘shimcha qildi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu professional futbolidagi ilk rasmiy uchrashuvini 2002 yil 14 avgust kuni “Sporting” Lissabon safida “Inter”ga qarshi o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 41 yoshli Ronaldu 2016 yildan buyon munosabatda bo‘lib kelayotgan Jorjina Rodriges bilan turmush qurdi.
Live
Barchasi