Ronaldu JCH-2022dan so‘ng “Real”dan taklif kutdi

Sport

image

Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubiga o‘tgan hujumchi Krishtianu Ronaldu yangi klubi bilan shartnoma imzolagunga qadar "Real"dan taklif kutgan. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik o‘zining jismoniy formasini saqlash uchun Valdebebasdagi jamoa bazasiga qaytganida klub rahbariyatidan ehtimoliy hamkorlik borasida qo‘ng‘iroq kutgan. Qayd etilishicha, hujumchining o‘zi Yevropaning yuqori darajasiga qaytish imkoniyati pastligini tushungan.

Ronaldu yakuniy qarorni "Al-Nasr" hujumchi bilan 2025 yilgacha rekord darajadagi shartnoma tuzish uchun ichki kadrlar muammolarini hal qilishga muvaffaq bo‘lganidan keyin qabul qildi.

Avvalroq, Ronaldu yangi klubida yiliga 200 million yevro maosh olishi haqida xabar berilgandi. 90 million yevro portugaliyalikning kafolatlangan maoshi, qolgani esa reklamadan tushgan daromad hisoblanadi. Tijoriy chegirmalar allaqachon futbolchi vakillari bilan kelishilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Ronaldu

Baholaganlar

152

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing