Ronaldu jarohatdan qaytishini dubl bilan nishonladi

Sport

image

Kecha, 3 aprel kuni tunda Saudiya Arabistoni Pro-ligasi 29-tur uchrashuvidan o‘rin olgan “Al-Nasr” – “Al-Najma” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Jarohatdan qaytgan Krishtianu Ronaldu bahsda dubl muallifi bo‘ldi.

Uchrashuvning 44-daqiqasida “Al-Najma” vakili Rajeh Altulayhi hisobni ochdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Abdulla Al-Hamdan va Sadio Mane tomonidan kiritilgan gollar mezbonlarning birinchi bo‘limdagi ustunligini ta’minladi. Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan, 47-daqiqada Kordoso yana hisobni tenglashtirdi. 56-daqiqaga kelib mehmonlar darvozasiga penalti belgilandi. Krishtianu Ronaldu 11 metrlik nuqtadan zarba berishda adashmadi – 3:2. Oradan ko‘p o‘tmay, Ronaldu yana katta sahnaga chiqdi. Bu safar u Boushalning o‘ng qanotdan yetkazib bergan uzatmasini darvozaga joylab qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 5-daqiqada Mane ham dubl qayd etib, jamoasining yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi – 5:2.

Bahsda dubl muallifi bo‘lgan Krishtianu Ronaldu butun faoliyatidagi gollari sonini  967 taga yetkazib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu g‘alabadan so‘ng “Al-Nasr” ochkolari sonini 70 taga yetkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlik qilishda davom etmoqda. “Al-Hilol” esa bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda 64 ochko jamg‘arib, jadvalning ikkinchi pog‘onasida bormoqda.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ronaldu jarohat dubl

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing