Ronaldu Jahon chempionati tarixidagi yangi rekordni o‘rnatdi
Sport
−
03 iyul 10701 1 daqiqa
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Jahon chempionatining pley-off bahslarida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi. 41 yosh-u 147 kunlik Ronaldu mazkur natijani Xorvatiyaga qarshi 1/16 final uchrashuvida qayd etdi.
Shu tariqa, u Angliya terma jamoasining sobiq darvozaboni Piter Shiltonga tegishli rekordni yangiladi. Shilton bu natijani 1990 yilgi Jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun o‘yinda 40 yosh-u 292 kunligida maydonga tushib o‘rnatgan edi.
Shuningdek, Krishtianu Ronaldu Xorvatiyaga qarshi bahsda penaltidan gol urib, Jahon chempionatlarining pley-off bahslaridagi ilk golini urdi. Ushbu o‘yinda Portugaliya Xorvatiyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, nimchorak final bosqichiga chiqdi.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkazilmoqda. Musobaqa joriy yilning 19 iyul kuniga qadar davom etadi.
Live
BarchasiRonaldu “Al-Nasr” klubini sotib olmoqchi
15 sentabr