Ronaldu “Yuventus”ni tark etmoqchi

Sport

image

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etmoqchi. Futbolchiga "Pari Sen-Jermen" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Diario Gol" nashri xabar berdi

Portugaliyalik futbolchining "Manchester Yunayted"ga qaytishi, birinchi navbatda, "qizil iblislar"ning Chempionlar ligasida ishtirok etishiga bog‘liq.

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2018 yilning yozida "Real Madrid"dan "Yuventus"ga 117 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgandi. 35 yoshli futbolchining ushbu jamoa bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil 30 iyungacha amal qiladi. Ushbu mavsumda futbolchi jamoada 32 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Ronalduning transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda. Mart oyi boshida Ronaldu uning transfer narxidan noroziligini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Yuventus Krishtianu Ronaldu Pari Sen-Jermen

Baholaganlar

533

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing