Ronaldu “Yuventus”ni sudda yutib chiqdi
Sport
−
18 aprel
4131“Yuventus”ning sobiq hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub bilan 19,5 million yevro miqdoridagi to‘lanmagan maosh bo‘yicha sudda g‘alaba qozondi. Bu haqda “ La Gazzetta dello Sport” xabar berdi.
Gap Ronalduning koronavirus pandemiyasi vaqtida klubdan ololmagan maoshining bir qismi haqida ketmoqda. Krishtianu Ronaldu 2018-2021 yillarda “Yuventus” safida to‘p surgan. Bu davrda portugaliyalik hujumchi Turin klubi safida 134 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, bu o‘yinlarda 101 ta gol urgan va sheriklariga 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, portugaliyalik futbolchi 19,5 million yevroni to‘laqonli olmaydi, chunki arbitraj sudi Krishtianu Ronalduni holatga bo‘lgan e’tiborsizligi sabab aybdor deb topdi. Shu tariqa, “Yuventus”ning sobiq futbolchisi 19,5 million yevro maoshidan salkam 10 million yevrosiga ega chiqadi.
LiveBarchasi