Ronaldu “United”ni tark etib, Italiya jamoasiga o‘tishi mumkin

Sport

image

Portugaliya milliy terma jamoasi va “Manchester United” klubi futbolchisi Krishtianu Ronaldu joriy yilning yozida “qizil iblislar” safini tark etishi mumkin. Bu haqda “La Repubblica” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli hujumchi mankunianliklarning yangi bosh murabbiyi Erik ten Xagning taktik sxemasiga to‘g‘ri kelmagani uchun Angliyaning grand klubini tark etishni maqsad qilgan.

Qayd enish joizki, Italiyaning “Roma” jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Krishtianu Ronalduni yana bir bor o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda. Joze Ronaldu bilan birga “Real Madrid”da faoliyat olib borgan. Bundan tashqari, ularning ikkalasi ham portugaliyalik hisoblanadi. Biroq muammo shundaki, “bo‘rilar” juda qiyin moliyaviy holatda turibdi. Shu sababli “Roma” rahbariyati Ronalduning “kosmik” darajada qimmat oyligini to‘lay olmasligi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Ronaldu Angliya Premer ligasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, portugaliyalik iqtidor egasi UEFA Chempionlar ligasining 7 ta o‘yinida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing