Ronaldu yozda “Yuventus”dan ketishi mumkin. Unga qaysi klublar da’vogar? 

Sport

image

Turinning "Yuventus" klubi hujumchisi 36 yoshli Krishtianu Ronaldu joriy yilning yozida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bergan.  

Manbaga ko‘ra, futbolchiga asosiy da’vogarlar Fransiyaning "PSJ" va Madridning "Real" klublari bo‘lib turibdi. 

"Yuventus" esa futbolchini sotmoqchi emas, ammo portugaliyalik ketmoqchi bo‘lsa, uni ushlab ham turmaydi. 

Qayd etilishicha, Ronaldu "keksa sinora" Chempionlar Ligasiga "ilina" olmasa, klubni tark etishi mumkin. 

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 2018 yilda "Real"dan "Yuventus"ga o‘tgan edi. Jamoa tarkibida u Italiyaning ikki karra chempioniga aylandi. 

Ushbu mavsumda portugaliyalik hujumchi Italiya chempionatida 27 uchrashuvda qatnashdi. Uning hisobida 25 ta gol va uchta golli pas bor. Hujumchining "Yuvetus" bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu uloqtirgan sardorlik bog‘ichini olgan Belgraddagi stadion xodimi uni kimoshdi savdosida sotib, pullarni xayriya mablag‘lariga jo‘natmoqchi bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

1819

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing