Ronaldu YeCHLda rekord o‘rnatdi

Sport

image

Kecha, 23 noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidan o‘rin olgan “Vilyarreal” – “Manchester Yunayted” uchrashuvida g‘alaba golini urgan Ronaldu YeCHLda rekord qayd etdi. Bu haqda “YeSPN Stats” nashri ma’lumot berdi.

Gap shundaki, 36 yoshli portugaliyalik Chempionlar ligasi bir mavsumida 3 o‘yinda g‘alaba golini urgan birinchi futbolchiga aylandi. Bunga qadar hech kim ushbu natijaga erisha olmagan. “Vilyarreal”ga qarshi dastlabki bahsning 95-daqiqasi (3:2) va ikkinchi uchrashuvning 78-daqiqasida (2:0), shuningdek, “Atalanta” bilan o‘yinning 81-daqiqada (3:2) g‘alaba golini kiritgan.

E’tiborli tomoni shundaki, qolgan ikkita uchrashuvda “Qizil iblislar” g‘alaba qozona olmagan.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alaba evaziga “Manchester Yunayted” pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Qolgan uchta jamoa (“Atalanta”, “Vilyarreal” va “Yang Boyz”) ikkinchi o‘rin uchun kurash olib boradi. YeCHL 6-tur o‘yinlari joriy yilning 7-8 dekabr kunlari o‘tkaziladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

EChL MYu Krishtianu Ronaldu UEFA Vil'yarreal

Baholaganlar

444

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing