Ronaldu yana Messiga qarshi: YeCHLga qur’a tashlandi

Sport

image

Bugun, 13 dekabr kuni Shveysariyaning Nyon shahrida UEFA Chempionlar ligasining 2021/2022 yilgi mavsum 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Qur’a natijalariga ko‘ra, turnirning chorak finalida ishtirok etish huquqi uchun kurash olib boruvchi sakkiz juftlik aniqlandi.

Chempionlar ligasining 1/8 finalida PSJ “Manchester Yunayted” bilan kuch sinashadi. Nihoyat 10 yillik tanaffusdan so‘ng argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Krishtianu Ronaldu YeCHL pley-off bosqichida to‘qnash keladigan bo‘ldi.

Shuningdek, turnirning 1/8 finalidan “Benfika” (Portugaliya) – “Real Madrid” (Ispaniya), “Vilyarreal” (Ispaniya) – “Manchester Siti” (Angliya), “Atletiko” (Ispaniya) – “Bavariya” (Germaniya), “Zalsburg” (Avstriya) – “Liverpul” (Angliya), “Inter” (Italiya) – “Ayaks” (Gollandiya), “Sporting” (Portugaliya) – “Yuventus” (Italiya) va “Chelsi” (Angliya) ) – “Lill” (Fransiya) o‘yinlari o‘rin olgan.

Ma’lumot uchun, nimchorak finalning dastlabki o‘yinlari 15, 16, 22 va 23 fevral kunlari, javob bahslari esa 8, 9, 15 va 16 mart kunlari namoyish etiladi. 

2021/2022 yilgi YeCHL finali 2022 yilning 29 may kuni Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing