Ronaldu yana bir yangi rekord o‘rnatdi
Sport
−
09 Sentabr
11975Portugaliya terma jamoasining 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu Shotlandiya terma jamoasi bilan UEFA Millatlar ligasi 2-turidan o‘rin olgan uy uchrashuvida 88-daqiqada gol urib, jamoasining 2:1 hisobida g‘alaba qozonishini ta’minladi.
Shunday qilib, Krishtianu Ronaldu faoliyatida ilk bor Shotlandiya darvozasiga gol urdi. Shu bilan u jami 48 ta terma jamoa darvozasiga gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
Krishtianu Ronaldu termadagi faoliyati davomida eng ko‘p Lyuksemburg terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan. U lyuksemburgliklarga jami 11 ta gol urgan. 39 yoshli portugaliyalik hujumchining “sevimli” terma jamoalari uchligiga Shvetsiya va Litva terma jamoalari ham kiritilgan bo‘lib, Ronaldu mazkur termalar darvozasini 7 martadan ishg‘ol qilgan.
Ma’lumot uchun, Portugaliya terma jamoasi hozirda UEFA Millatlar ligasida o‘z guruhida dastlabki ikki turda g‘alaba qozonib, 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Jamoa keyingi o‘yinni 12 oktyabr kuni Polshaga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi