Ronaldu yana bir o‘yinni o‘tkazib yuboradi

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”ning “Al-Hazm”ga qarshi o‘yinida maydonga tushmaydi. Bu haqda Saudiya OAV xabar berdi.

Bugun, 23 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan “Al-Hazm”ga qarshi o‘yinda “Al-Nasr” tarkibida Ronaldu bo‘lmaydi, chunki Krishtianuga dam kerak. Hozirda Riyod klubi har uch kunda o‘yin o‘tkazmoqda. Shu sabablarga ko‘ra, Krishtianu “Al-Nasr” futbolchilari bilan  Ar-Rass shahriga uchmagan. 

Bungacha Ronalduga virusli infeksiya tashxisi qo‘yilgani sabab Osiyo Chempionlar ligasidagi ilk o‘yinini o‘tkazib yuborgandi. 

Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistoni chempionlar kubogining 1/16 finalida o‘rin olgan “Al-Hazm”-“Al-Nasr” o‘yini Toshkent vaqti bilan 20:35 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu nega YouTube platformasida sahifa ochganiga izoh bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made