Ronaldu yana bir rekordni yangiladi

Sport

image

Krishtianu Ronaldu joriy yilning 23 mart kuni Portugaliya terma jamoasi safidagi 197-uchrashuvda maydonga tushdi va terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Ronaldu Yevro-2024 saralash doirasidagi Lixtenshteynga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshladi. Portugaliyalik hujumchi quvaytlik Bader al-Mutavaning natijasini yangiladi, Mutava o‘z terma jamoasi tarkibida 196 marta maydonga tushgan. Lixteynshteynga qarshi uchrashuvda Portugaliya 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarga Xuan Kanselu (8-daqiqa), Bernardu Silva (47) va Ronaldu (51 penalti, 63) mualliflik qildi.

Portugaliya va Lixtenshteyndan tashqari “J” guruhida Bosniya va Gersegovina, Slovakiya, Lyuksemburg va Islandiya terma jamoalari o‘rin olgan. Navbatdagi uchrashuvda portugallar safarda joriy yilning 26 mart kuni Lyuksemburg terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, shu kuni Lixtenshteyn terma jamoasi islandiyalik futbolchilarni qabul qiladi.

Ronaldu 2022 yilning dekabr oyidan beri Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida o‘ynamoqda. 38 yoshli al-Mutava esa Quvaytning “Al-Qodisiya” klubida to‘p suradi. Hujumchi Quvayt terma jamoasida 2003 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Evro-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing