Ronaldu va Zlatan Ibragimovich boks tushishi mumkin
Sport
−
26 avgust
7885Britaniyalik bloger va Misfits Boxing promouterlik kompaniyasi asoschisi, KSI nomi bilan mashhur Deji Olatunji futbol yulduzlari Krishtianu Ronaldu va Zlatan Ibragimovich o‘rtasida boks jangini tashkil etishga qiziqish bildirdi. Bu haqda “Essentially Sports” xabar berdi.
“Ronaldu va Ibragimovich o‘rtasida jang? Nima bo‘lishini xech qachon oldindan bila olmaysan. Ronaldu Ibragimovichga qarshi – bu ajoyib bo‘lardi”, degan Olatunji.
Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ayni paytda 39 yoshda. Shvetsiyalik Zlatan Ibragimovich esa 42 yoshda.
Ma’lumot uchun, Misfits Boxing yulduzlar va ijtimoiy media shaxslari o‘rtasidagi boks janglarini tashkil qiluvchi kompaniya. Ushbu tashabbusni YouTube yulduzi KSI Wasserman Boxing va boshqa hamkorlar bilan birgalikda 2022 yilda boshlagan. Jumladan, 31 avgust kuni Irlandiyanining Dublin shahrida Misfits Boxing X Series 17 tadbiri bo‘lib o‘tadi, unda “Lester Siti”ning sobiq himoyachisi va Angliya chempioni Denni Simpson YouTube blogeri Denni Aaronsga qarshi jang qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik professional bokschi, besh vazn toifasida sobiq jahon chempioni, 47 yoshli Floyd Meyvezer Meksikada Nyu-York mafiyasining boshlig‘i bo‘lgan marhum Jon Gottining nabirasi, 31 yoshli Jon Gotti III ga qarshi revansh jangida ishtirok etgandi.
LiveBarchasi