Ronaldu va Keynning qaytishi: bugun APLning 4-turiga start beriladi

Sport

image

Bugun, 11 sentyabr kuni FIFA kunlaridan so‘ng, Angliya Premer ligasining 4-tur o‘yinlariga start beriladi. 

“Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qiladi. E’tiborli tomoni ushbu o‘yinda “qizil iblislar” safiga qaytgan Ronaldu 12 yillik tanaffusdan so‘ng, APLda debyut uchrashuvini o‘tkazadi. MYU 3 turdan so‘ng, 7 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 2-pog‘onasida bormoqda. “Oq-qoralar” esa atigi 1 ochko bilan 17 o‘rinda joylashgan.

Portugaliyalik futbolchi klublar safida 48 marta xet-trik qayd etgan. U ilk marta 2008 yilda aynan “Nyukasl” darvozasini 3 bor ishg‘ol qilgan.

Turnir jadvali yetakchisi “Tottenxem” “Selxerst park” stadionida “Kristal Pelas” mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yinda jamoa to‘purari Xarri Keyn maydonga tushadi. “Taqachilar” 9 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda, “burgutlar” esa 2 ochko evaziga 14 o‘rinda qayd etilgan.

O‘tgan mavsumda YeCHL bosh sovrinini qo‘lga kiritgan “Chelsi” “Aston Villa”ni qabul qiladi. Lukaku jarohati sabab uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. “Aristokratlar” 7 ochko jamg‘arib, 4 o‘rinda bormoqda, “Aston Villa” 11 pog‘onaga joylashgan. Jamoa hisobida ochko mavjud.

APL chempioni “Manchester Siti” turning markaziy bahsida “Lester” maydoniga safar qiladi. Jamoalar so‘nggi marta Angliya superkubogi doirasida o‘zaro to‘qnash kelgandi va unda “tulkilar” zafar quchgandi. Har ikki jamoa 6 ochkodan jamg‘argan. “Shaharliklar” jadvalning 7 pog‘onasida joylashgan, “Lester” esa 9-o‘rinda.

Shuningdek, “Arsenal” – “Norvich”, “Brentford” – “Brayton”, “Sautgempton” – “Vest Xem” uchrashuvlari ham bugun, 11 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda “Manchester Siti” APL chempionligini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Arsenal MYu Krishtianu Ronaldu Tottenxem Xarri Keyn Romelu Lukaku Man Siti

Baholaganlar

12

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing