Ronaldu o‘z rekordlarini yangiladi

Sport

image

Kecha, 18 iyun kuni Yevropa chempionati 1-turi doirasida Portugaliya Chexiya bilan bahs olib bordi va qiyinchilik bilan g‘alabaga erishdi. Garchi, bahsda portugallar sardori Krishtianu Ronaldu gol urmagan bo‘lsa ham, u Yevropa chempionatida eng ko‘p maydonga tushish borasidagi rekordni yangiladi.

Ronaldu faoliyatidagi oltinchi Yevropa chempionatida ishtirok etmoqda. Bu borada Ronaldudan keyingi o‘rinlarni uning jamoadoshi Pepe va Xorvatiya terma jamoasi sardori Luka Modrich band etgan. Har ikki futbolchi beshtadan qit’a birinchiligida ishtirok etgan.

Shuningdek, Ronaldu o‘ziga tegishli bo‘lgan Yevropa chempionatida eng ko‘p o‘yin daqiqalari, jamoa sardori sifatida eng ko‘p o‘yinlar va eng ko‘p g‘alabalar soni borasidagi rekordlarini ham yangiladi.

Hozirga qadar 39 yoshli futbolchi Yevrolar tarixida 26 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi. Umumiy hisobda Krishtianu 2243 daqiqani maydonda o‘tkazdi. Musobaqada eng ko‘p 13 ta g‘alabaga erishgan holda, Ronaldu bu boradagi rekordni ham o‘ziniki qilib olgan. U jamoa sardori sifatida 17 bahsda Portugaliyani Yevropa chempionatida maydonga boshlab chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq turkiyalik 19 yoshli futbolchi Arda Guler Ronalduga tegishli bo‘lgan rekordni yangilagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made