Ronaldu sport tarixida ilk milliarder futbolchi bo‘ldi

Sport

image

Turinning “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida milliard yevrodan ko‘proq pul topishga muvaffaq bo‘lgan birinchi futbolchi bo‘ldi. Sportning barcha turlari vakillari orasida bunday yutuq portugaliyalikdan tashqari faqat golfchi Tayger Vuds va bokschi Floyd Meyvezerga nasib etgan edi. Bu haqda “Forbes” yozmoqda.

35 yoshli Ronaldu o‘zi to‘p surgan klublar: “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus”dan olgan maoshlari jami 650 million yevro maosh olgan. Mablag‘larning qolgan qismi reklama shartnomalaridan tushgan. So‘nggi bir yil ichida besh karra "Oltin to‘p" egasining daromadi 105 million yevroni tashkil etdi.

Ronalduning amaldagi shartnomasi 2022 yil iyunida yakunlanadi. Shundan so‘ng uning hisobidagi pullar 765 million dollarga chiqishi kutilmoqda. Ronaldudan uch yil o‘tgach eng yuqori darajada o‘ynay boshlagan Messi 2005 yildan beri jami 605 million dollar ishlab topgan. 

Mablag‘i ushbu summaga eng yaqinlashgan sportchi Aleks Rodriges bo‘lib, u “New York Yankees slugger”  beysbol jamoasida 22 o‘ynagan va 2016 yilda  450 million dollar bilan o‘z faoliyatini yakunlagan. Hatto futbol afsonasi Devid Bekxem ham karerasini yakunlaganda, umumiy daromadi 500 million dollarni tashkil qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing