Ronaldu sobiq jamoadoshining “Yuventus”ga o‘tishini xohlamoqda
Sport
−
15 may 2019
4634Joriy yozda Ispaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Manuel Isko Turinga ko‘chib o‘tishi mumkin. Buni shaxsan “Real”ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu xohlamoqda.
Madridliklar futbolchini kamida 80 mln yevroga sotish niyatida turibdi. Ammo, “Yuventus” futbolchi uchun 60 mln yevrodan ko‘p to‘lamoqchi emas.
Iskoning o‘zi klubini almashtirishga qarshi emas. “Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ham bunga to‘sqinlik qilmaydi. Jamoa rahbariyati yozda amalga oshirilishi kutilayotgan katta transferlar oldidan bu taklifni qabul qilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Isko madridliklar safida 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 1ta golli pas berdi.
LiveBarchasi