Ronaldu sevgilisiga turmush qurishni taklif qildi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi, 40 yoshli yulduz Krishtianu Ronaldu sevgilisi Jorjina Rodrigesga turmush qurishni taklif qildi. Bu haqda Rodriges o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Ronalduning bir necha yillik sevgilisi o‘z sahifasida barmog‘iga brilliant uzuk taqqan suratini joylashtirgan.

“Ha, men xohlayman. Bu hayotimda ham, barcha hayotlarimda ham”, deb yozgan Rodriges va suratda Ronalduni belgilagan.

Ma’lumot uchun, juftlik 2016 yildan beri munosabatda va 5 farzandni tarbiyalmoqda (kichik Krishtianu, egizaklar Yeva va Mateo, hamda ikki qiz: Alana Martina va Bella Esmeralda).

Ronaldu joriy yilning iyunida “Al-Nasr” bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi. U Yevropa chempioni (2016) va Portugaliya terma jamoasi tarkibida UEFA Millatlar ligasining ikki karra g‘olibi. Futbolchilik faoliyati davomida hujumchi Portugaliyaning “Sporting”, Angliyaning “Manchester Yunayted”, Ispaniyaning “Real Madrid” va Italiyaning “Yuventus” klublarida to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing