Ronaldu Saudiyada o‘tkaziladigan Gran-priga boradi

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan “Formula-1”  Gran-prisiga borishi shart. Bu haqda “Championat.com” sayti xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining “Al-Nasr” jamoasi bilan shartnomasidagi bandlardan birida, uning “Formula-1” musobaqasiga borishi belgilangan.

Ronaldu 2019 yilgi “Formula-1”  Monako Gran-prisida ham qatnashib, u yerda mashhur britaniyalik poygachi Lyuis Xemilton bilan suratga tushgandi.

Futbolchining maoshi yiliga taxminan 173 million funtni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 mart kuni futbol bo‘yicha Saudiya Arabistoni chempionatining 20-turi doirasida “Al-Nasr” safarda “Al-Ittihod” bilan kuch sinashib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi. Mag‘lubiyatdan so‘ng Ronaldu maydonni tark etar ekan, mezbon jamoa muxlislari “Messi” deya hayqirdi. Muxlislarning bunday provokatsiyasiga Ronaldu maysazorda yotgan plastik idishni tepish orqali javob qaytardi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing