Ronaldu nega YouTube kanal ochganini aytdi

Sport

image

39 yoshli “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan yili YouTube'da shaxsiy kanalini ochishni reja qilgan. Bu haqda futbolchi “Marca” nashriga bergan intervyusida aytdi.

“Menda uzoq vaqtdan beri kanal ochish g‘oyasi bor edi, lekin o‘tgan yili men uni ishga tushirish zaruratini his qildim. Keyin strategiya va tarkibni o‘ylash uchun mas’ul bo‘lgan jamoa tuzildi. YouTube menga butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarimga erishishimga imkon beradi. O‘ylaymanki, butun faoliyatim davomida menga hamroh bo‘lgan va qo‘llab-quvvatlagan barcha odamlardan qarzdorman. Men o‘z mashg‘ulotlarimni, kuchli tomonlarimni ko‘rsatmoqchiman. Nafaqat futbol olamidagi, balki undan tashqaridagi do‘stlarim bilan ham suhbatlashmoqchiman. Men maydon tashqarisida sodir bo‘lgan ko‘plab lahzalar bilan bo‘lishmoqchiman”, deydi Ronaldu.

Qayd etish joiz, hozirda Ronalduga tegishli “UR Cristiano” sahifasi 62,5 milliondan ortiq obunachiga ega. Mazkur sahifa YouTube'da qisqa vaqt ichida eng ko‘p obunachi yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu rasmiy o‘yinlardagi gollari sonini 902 taga yetkazib olingani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made