Ronaldu nega terma jamoaga chaqirildi?

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronalduni nega terma jamoaga chaqirilgani haqida fikr bildirdi.

“Ronaldu juda qat’iyatli futbolchi. U boshqa futbolchilarga o‘rnak bo‘la oladi va Krishtianu jamoa uchun juda muhim figura hisoblanadi. Men yoshga qaramayman”, deydi Martines.

38 yoshli portugaliyalik futbolchi terma jamoaning Lixtenshteyn va Lyuksemburgga qarshi Yevro-2024 saralashiga tayyorgarlik ko‘radigan 26 nafar futbolchisi qatoridan joy oldi.

Ronalduning Portugaliya termasidagi so‘nggi o‘yini 2022 yilda Qatar mezbonlik qilgan Jahon chempionati chorak finalida Marokashga qarshi (0:1) bo‘lib o‘tgandi. O‘shanda Fernandu Santush jamoa bosh murabbiyi edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing