Ronaldu nega futboldan ketmayapti?

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelgusida o‘g‘li bilan birga to‘p tepish niyati borligi tufayli futboldan ketmayapti. Bu haqda Ispaniyaning “Rayo Valekano” va Ruminiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Ildefons Lima “Relevo”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

“Gap shundaki, u o‘g‘li bilan rasmiy o‘yin o‘tkazmoqchi va shuning uchun taslim bo‘lmayapti. Bu uning haqiqiy motivatsiyasi”, deydi Lima.

Kichik Krishtianu hozir 14 yoshda, u Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasida yoshlar jamoasida to‘p tepmoqda.

O‘tgan mavsumda 39 yoshli Ronaldu 45 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U boshchiligidagi Portugaliya terma jamoasi esa Germaniyada o‘tkazilayotgan Yevro-2024 chorak finalida o‘z yurishini to‘xtatdi. Portugallar yarim finaloldi o‘yinda Fransiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made