Ronaldu nega “Barselona”da o‘ynamasligiga izoh berdi

Sport

image

Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega “Barselona”da o‘ynashni istamasligi sababini ma’lum qildi.

“Sport.es”ning yozishicha, Ronaldu Barselona shahri unga yoqmasligini tan olgan.

“Bu shahar men uchun emas. U yerda bir yoki ikki marta bo‘lganman va menda Krishtianu shaharliklarga yoqmaydi, degan tasavvur paydo bo‘lgan. Ammo bu tabiiy hol. Negaki, “Real” va “Barselona” doim raqobatchi bo‘lgan. Bu muammo emas”, degan portugal.

Ronaldu 2009 yildan 2018 yilgacha Madridning “Real” klubida o‘ynagan. Hujumchi qirollik klubi tarkibida 438 ta o‘yin o‘tkazib, 450 ta gol urgan va “qaymoqranglilar” tarixidagi eng yaxshi hujumchiga aylangan. Ronaldu “Real” bilan to‘rt marta Chempionlar ligasi kubogini yutib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

215

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing