Ronaldu MYU bosh murabbiyi bilan uchrashdi va mashg‘ulotlarni boshladi

Sport

image

Avvalroq, “Manchester Yunayted” rahbariyati Britaniya hukumatiga portugaliyalik futbolchi uchun belgilangan 5 kunlik karantinni olib tashlash to‘g‘risida murojaat qilib, rad javobini olgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 7 sentyabr kuni “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoaga qaytganidan so‘ng, birinchi marta Karringtondagi bazaga keldi. Bu haqda mankunianliklarning rasmiy nashri xabar berdi.

Jamoadoshlari bilan mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin Ronaldu bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher bilan uchrashgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 avgust kuni Krishtianu Ronaldu “Yuventus”dan “Manchester Yunayted”ga 15 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Futbolchi “qizil iblislar” safida 2003 yildan 2009 yilgacha to‘p tepgan. O‘tgan mavsum Italiya A Seriyasida 29 ta gol bilan turnir to‘purariga aylangandi.

Joriy yilning 1 sentyabr kuni esa Ronaldu Portugaliya safida Irlandiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda dubl qayd etib, terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi. U o‘z mamlakati libosida 180 ta o‘yin o‘tkazib, 111 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Ole-Gunnar Sul'sher Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing