Ronaldu “MrBeast” bilan podkast qildi (video)
Sport
−
22 noyabr 2024 11710 1 daqiqa
Bir necha oy oldin o‘z YouTube sahifasini ishga tushirgan portugaliyalik Krishtianu Ronalduning navbatdagi podkasti mehmoni YouTube'da eng ko‘p obunachiga ega bloger “MrBeast” bo‘ldi.
Amerikalik yutuberning kanali 331 million obunachiga ega. Ronaldu o‘z kanalidagi yangi epizodda blogerga YouTube'dagi eng ko‘p obunachilar bo‘yicha o‘z rekordini yangilamoqchi emasligini aytdi.
14 daqiqalik suhbat davomida Ronaldu bloger bilan muvaffaqiyat sirlari haqida gaplashgan. Podkast davomida asl ismi Jimmi Donaldson bo‘lgan “MrBeast” o‘zining eng jo‘shqin, qimmat va sevimli videolari haqida gapirib berdi va Krishtianudan YouTube bo‘yicha qimmatli maslahatlarini ayamadi.
2024 yil noyabr oyi oxiriga kelib, Krishtianuning deyarli 68 million, “MrBeast” kanalida 331 million obunachi bor.
Ma’lumot uchun, Ronaldu o‘z YouTube sahifasini avgust oyida ishga tushirib, qisqa vaqt ichida eng ko‘p obunachi yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatgandi. 26 yoshli Jimmi Donaldson esa 2012 yilda o‘z YouTube sahifasini ochgan. Hozirga qadar bloger YouTube kompaniyasining barcha turdagi tugmalarini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi