Ronaldu Messiga tenglashib oldi
Sport
−
27 dekabr 2023 13206 1 daqiqa
“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 17-turidan o‘rin olgan “Al-Ittihod” bilan o‘yinda (5:2) dubl qayd etdi.
Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi (157) bilan professional faoliyatidagi dubllar soni bo‘yicha tenglashib oldi. Shuningdek, Krishtianu Ronaldu 2023 yilning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida 53 ta gol bilan 1-o‘ringa chiqdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu “Al-Nasr”da 2023 yilning yanvaridan buyon to‘p surmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda Ronaldu Riyod klubi safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 18 o‘yindan keyin 43 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust