Ronaldu Messi bilan munosabatlari haqida gapirdi

Sport

image

"Manchester Yunayted" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi bilan munosabatlari haqida gapirdi.

“Lionel bilan munosabatlarimiz yaxshi. Futbolchi sifatida biz 16 yil raqobatlashib keldik, tasavvur qiling, 16 yil. Men uning do‘sti emasman, biz go‘yo jamoadoshlardekmiz”, deydi Ronaldu jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusida.

Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida portugaliyalik 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Messin esa Liga 1da 7 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, 20 noyabr kuni Qatarda Jahon chempionati bahslari start oladi. Messi va Ronaldu faoliyatlari davomida beshinchi marta mundial bahslarida ishtirok etishadi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Messi

Baholaganlar

258

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar