Ronaldu mashg‘ulot vaqtida Sandro bilan to‘qnashib, jarohat oldi

Sport

image

Bugun, 25 avgust kuni “Yuventus” futbolchisi Krishtianu Ronaldu mashg‘ulot paytida Aleks Sandro bilan to‘qnashuvda qo‘lidan kuchli zarba qabul qilib oldi. U tibbiyot xodimlari yordamida maydonni tark etdi va ortga qaytmadi.

Portugaliyalik futbolchi joriy yilning 18 avgust kuni “Empoli”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkinligi aytilmoqda. Ronaldu vaziyatni aniqlashtirish uchun maxsus testlarni o‘tkazadi. Shundan so‘ng, uning holati qanday ekanligi aniq bo‘ladi. Shuningdek, jamoa sardori Jorjo Kellini ham jarohat olib, maydonni tark etgan.

So‘nggi kunlarda Ronaldu va uning agentlari “Manchester Siti”ga o‘tish variantini o‘rganmoqda, qayd etilishicha, portugaliyalik allaqachon “shaharliklar”ning bir nechta futbolchilari bilan klubdagi vaziyatni muhokama qilgan. Gvardiola jamoasi Xarri Keyn transferini hal qila olmasa, Krishtianuni ikkinchi variant sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq, bosh murabbiy Massimiliano Allegri Ronalduning “zebralar” safida qolish istagida ekanini aytib o‘tgan edi.

Ma’lumot uchun, Ronaldu “Keksa sinora” safida 98 uchrashuvda maydonga tushib, 81 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Krishtianu Ronaldu Aleks Sandro Jarohat

Baholaganlar

227

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing