Provokatsiya “qurboni” bo‘lgan Ronaldu yana qizil “ishlab oldi” (video)

Sport

image

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Superkubogi yarim final o‘yinida qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

“Al-Nasr”ning “Al-Hilol”ga qarshi bahsining 86-daqiqada bosh hakam Krishtianu Ronalduga qizil kartochka ko‘rsatdi. Portugaliyalik futbolchi sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakatlari uchun jazolandi.

Epizod “Al-Hilol” futbolchisi Ali Al-Bulayhining aut chizig‘ida to‘pni tepishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng u darhol to‘pni egallab olishga urindi, biroq Ronaldu voqea joyiga yetib keldi va to‘pni qo‘liga olib, tirsagi bilan Bulayhini muvozanatdan chiqarishga urindi. Natijada hakam portugaliyalik futbolchini o‘yindan chetlatdi.

Shunday qilib, bahs “Al-Hilol”ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va Neymar jamoadoshlari Superkubokning finaliga yo‘l oldi. Finalda “Al-Hilol” Karim Benzema boshchiligidagi “Al-Ittihod” bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing