Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasa, jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda “Sport Express” nashri xabar bermoqda.  

Xabarga ko‘ra, 36 yoshli portugaliyalik jamoaning Premer ligadagi so‘nggi natijalaridan qoniqmayapti. Agar, “qizil iblislar” Yevropa chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega chiqmasa, katta ehtimol bilan u Manchesterdan ketadi. Chunki portugaliyalik Yevropa ligasida o‘ynashni istamayapti. 

APLning 11-turidan keyin “Manchester Yunayted” Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beruvchi o‘rinda joylashgan jamoadan  5 ochko ortda qolmoqda. Sulsher shogirdlari hisobida 17 ochko mavjud va ular turnir jadvalida 6-pog‘onani egallagan.

Joriy mavsumda Ronaldu 12 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Jamshidbek Mahmudov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

2055

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing