Ronaldu “Liverpul”dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining Instagram sahifasida “Liverpul”dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

“Ba’zida mag‘lubiyatga uchraymiz va doimo g‘alaba qozonish uchun kurashamiz. Gohida tablodagi hisobni muhokama qilish kerak emas. Buning uchun biz va faqat biz javobgarmiz, chunki boshqa aybdor yo‘q. Qadrdon muxlislarimiz yana bir bor bizni qo‘llab-quvvatlashdi. Ular uchun ham yaxshiroq natijalarga erishish vaqti keldi”, deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari Angliya Premer ligasining 9-tur uchrashuvida “Liverpul”ga yirik 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu bahsda Nabi Keyta va Diogo Jota bittadan gol urgan bo‘lsa, Muhammad Saloh xet-trik qayd etdi.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” APL joriy mavsumida o‘tkazilgan o‘yiinlarning 8 tasida o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yuborgan. “Qizil iblislar” turnir jadvalida 14 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Sul'sher APL Ronaldu Liverpul' Saloh Man Yunayted

Baholaganlar

291

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing