Ronaldu klublar o‘rtasidagi JCHda qatnashishi mumkin

Sport

image

FIFA prezidenti Janni Infantino “Al-Nasr” hujumchisi, 40 yoshli Krishtianu Ronalduning 15 iyunda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati arafasida jamoasini o‘zgartirishi mumkinligini istisno etmadi. Bu haqda u bloger ISHowSpeed podkastida so‘z ochdi.

“Ha, Krishtianu Ronaldu ushbu turnirda qatnashishi mumkin. Ba’zi jamoalar bilan muzokaralar ketmoqda. Agar qandaydir klub vaziyatni kuzatayotgan bo‘lsa va Ronalduning xizmatlariga qiziqsa, kim biladi, kim biladi...”, dedi Infantino.

Bungacha OAVda portugaliyalik futbolchi va “Al-Nasr” rahbariyati o‘rtasida sovrinlar yo‘qligi sababli hamkorlikni davom ettirish borasida shubhalar paydo bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, Ronalduning “Al-Nasr” bilan shartnomasi joriy yozda yakunlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Janni Infantino klublar o'rtasidagi Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing