Ronaldu ketgach uzoq vaqt bosim ostida o‘ynadim – Morata
Sport
−
11 noyabr 2021
2786“Yuventus” hujumchisi Alvaro Morata Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted”ga ketishi oqibatlari haqida gapirdi.
“Ronaldu ketganidan so‘ng, barchamizda bo‘lganidek, uzoq vaqt bosim ostida o‘ynadim. Jamoa manfaati uchun ko‘p ishlashim kerak edi, ammo tushunarsiz vaziyatga tushib qoldim, shu sabab o‘yinlarga 100 foiz tayyor bo‘lsamda, gol ura olmadim. So‘nggi o‘yinlarda meni chap qanotda sinab ko‘rishdi. Lekin asosiysi o‘ynash va murabbiyning aytganini qilish”, deydi Morata.
Morata bundan avval ham Ronaldu haqida fikr bildirgan va uni tennischi rafael Nadalga qiyoslagan edi:
“U shubhasiz dunyodagi eng kuchli futbolchi, Ronalduning o‘yiniga qoyil qolmay ilojingiz yo‘q. Uning asablari o‘ta mustahkam, shuning uchun u Nadalga o‘xshaydi. U shaxsiy natija uchun emas, jamoa g‘alabasi uchun ishlaydi, qo‘lidan kelgan barchasini qiladi. Tinimsiz mehnat uni shu darajaga yetkazgan. Bundan buyog‘iga ham u bilan to‘p surishni xohlardim. Bu mavsum ham Turinda qolaman, qolganini esa vaqt ko‘rsatadi”.
Ma’lumot uchun, Alvaro Morata joriy mavsum “zebralar” safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 4 ta gol urib, bir golli uzatmani amalga oshirgan.