Ronaldu Qizil dengiz sohilidan 2 ta villa sotib oldi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges Qizil dengiz markazida joylashgan The Red Sea Residences majmuasidan ikkita hashamatli villa xarid qildi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Ushbu maskanga faqat charter qayig‘i yoki gidrosamolyot orqali yetib borish mumkin bo‘lib, u yuqori darajadagi maxfiylik va sokinlikni ta’minlaydi.

“Endi bizning bu yerda uyimiz bor”,  dedi Ronaldu Qizil dengizning betakror tabiati uni va Jorjinani ilk tashrifdayoq o‘ziga rom etganini ta’kidlagan holda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, u yerda uyga ega bo‘lish ularga istalgan vaqtda tinch muhitda, begona nigohlardan yiroqda oilaviy vaqt o‘tkazish imkonini beradi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu qaror Ronaldu oilasining yolg‘izlik va xotirjamlikka bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan bo‘lib, shu bilan birga u dunyodagi eng eksklyuziv hududlardan biriga sarmoya kiritmoqda. Juftlik 2023 yildan buyon bu maskanda hordiq chiqarib kelayotgan edi, endilikda esa bu yerda uch xonali va ikki xonali ikkita villaga egalik qilmoqda.

The Red Sea Residences bosh direktori Jon Pagano Ronaldu va Rodrigesni kutib olishdan mamnun ekanini bildirib, ularning tanlovi ushbu hududning hashamat, maxfiylik va tabiat uyg‘unligini qadrlaydiganlar uchun naqadar jozibador ekanini yana bir bor tasdiqlashini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigeslarning uzoq kutilgan to‘y marosimi Ronalduning tug‘ilgan shahri Funshalda bo‘lib o‘tishi, nikoh marosimi 2026 yilgi Jahon chempionatidan keyin yozda Funshal katolik cherkovining yirik markaziy ibodatxonasida o‘tkazilishi, ziyofat esa hashamatli mehmonxonada davom ettirilishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges Qizil dengiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing