Ronaldu Instagram`dagi obunachilari soni bo‘yicha rekordchiga aylandi
Sport
−
03 yanvar 2021 20893 1 daqiqa
“Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi obunachilari soni bo‘yicha hayratlanarli darajaga erishdi. 35 yoshli portugaliyalikning sahifasini kuzatuvchilar 250 mlndan oshib ketdi.
Instagram`ning o‘z rasmiy sahifasini hisobga olmaganda bu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasidagi eng katta ko‘rsatkich. Instagram rasmiy sahifasini 382 mln odam kuzatadi.
Mashhurlar orasida ikkinchi eng ommabop akkaunt – amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grandening sahifasi – 214 million obunachi, uchinchi o‘rinda aktyor, sobiq kurashchi Duyeyn “Skala” Jonsonning sahifasi – 209 million obunachi.
Futbolchilar orasida portugaliyalikdan keyingi o‘rinni “Barselona” hujumichisi Lionel Messi egalladi – 175 mln obunachi. Uchinchi o‘rin braziliyalik hujumchi Neymarga nasib qildi – 144 mln obunachi.
Avvalroq, Ronaldu “Globe Soccer” nashriga ko‘ra, XXI asrning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi. Shuningdek, Ronaldu sportdagi yutuqlari uchun "Golden Foot" mukofotiga sazovor bo‘lgandi.
Live
Barchasi