Ronaldu futboldagi kumirlari kimligini aytdi
Sport
−
04 mart 4951 1 daqiqa
Portugaliyalik 40 yoshli futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu braziliyalik Ronaldo va Ronaldinoni o‘zining futboldagi kumiri hisoblaydi. Bu haqda Krishtianu “Give me Sport” nashriga bergan intervyusida aytdi.
“Ronaldo Nazario va Ronaldino Gaucho futbol uchun ko‘p narsa bera oldi, ular o‘z tarixini qoldirdi. To‘g‘ri, men ulardan ko‘ra ko‘proq individual unvonlarni qo‘lga kiritganimni aytishim mumkin, lekin ikkalasi ham Jahon chempionatlarida g‘alaba qozongan. Qaysi birining kuchliroqligi muhim emas, muhimi ular futbolga ko‘p narsa bera olgan”, deydi Ronaldu.

Ma’lumot uchun, Ronaldo hozir 48, Ronaldino esa 44 yoshda. Nazario professional futboldagi faoliyatini 1993 yilda boshlab, 2011 yilda yakunlagan. Ronaldino esa 1998-2015 yillar davomida to‘p tepib, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Har ikki futbolchi Jahon chempionati va Yevropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Ronaldo 2 marta, Ronaldio 1 marta “Oltin to‘p” sovriniga ega chiqqan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr