Ronaldu faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

“Al-Nasr”ning 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa futboliga qaytishi mumkin. Bu haqda saudiyalik jurnalist Alxaz Mutab o‘zining X’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Ronalduga Leverkuzenning “Bayer” klubi qiziqmoqda. Futbolchini shaxsan murabbiy Xabi Alonso taklif qilmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis tajribali Ronalduning Bundesliga va Yevropa Chempionlar ligasida “Bayer”ga yordam berishiga ishonmoqda.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2023 yilda erkin agent sifatida “Al-Nasr”ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda Ronaldu barcha turnirlarda 42 ta uchrashuvda qatnashib, 42 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing