Ronaldu faoliyatidagi 965-golini urdi

Sport

image

Kecha, 25 fevral kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasi 10-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Al-Nasr” “Al-Najma”ni yirik 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 

Uchrashuv Jidda shahridagi “Qirol Abdulloh” stadionida bo‘lib o‘tdi. 

Hisobni uchrashuvning 7-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan ochdi va shu tariqa portugaliyalik futbol yulduzi professional faoliyatidagi 965-golini urdi. 31-daqiqada qanot himoyachisi Kingsli Koman “Al-Nasr”ning ustunligini oshirdi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin, 42-daqiqada himoyachi Inigo Martines hisobni yanada yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Sadio Mane Ronalduning uzatmasidan so‘ng mehmonlarning to‘rtinchi golini urdi. 80-daqiqada esa Inigo Martines dubl qayd etib, yakuniy hisobni 5:0 ko‘rinishiga yetkazdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Al-Nasr” 23 o‘yindan keyin 58 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Al-Najma” esa 8 ochko bilan 18-pog‘onada bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing