“Ronaldu darajasida”. Peres “Real” katta transfer qilishini aytdi
Sport
−
05 iyun 1397 1 daqiqa
“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres madridliklar jamoasi yozgi transferlar oynasida yirik xaridni amalga oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Peres o‘zining saylov oldi dasturida to‘xtalib o‘tdi.
“Olise? U ajoyib futbolchi, ammo gap u haqida emas. Bu boshqa o‘yinchi. U yarim himoyachi yoki hujumchi. Xolandmi? Yo‘q, u ham emas. Doku ham emas. Bu futbolchi haqiqiy superyulduz. Uning kimligini bilganlarida odamlar hayratda qoladi. Moliyaviy jihatdan bu transfer Krishtianu Ronalduniki bilan tenglasha oladi.Mening transferim Premer-ligadan bo‘lmaydi. U yosh futbolchi”, deydi Peres.
COPE ma’lumotlariga ko‘ra, “qaymoqranglilar” PSJning 21 yoshli portugaliyalik yarim himoyachisi Joau Neveshni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Klub futbolchi uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor va Peres aytgan superyulduz ko‘p ehtimol bilan Nevesh bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Joau Neveshning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Nevesh Fransiya chempionatida PSJ safida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” Krishtianu Ronalduni 2009 yil yozida 94 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan edi.
Live
Barchasi