Ronaldu “Barselona” ga qarshi o‘ynolmaydi. Unda yana musbat natija aniqlandi
Sport
−
23 oktabr 2020 7167 1 daqiqa
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronalduning koronavirusga topshirgan testi yana musbat natija ko‘rsatdi. Bu haqda "Marca" xabar bermoqda.
Bu shuni anglatadiki, portugaliyalik 28 oktyabr kuni bo‘ladigan "Barselona" ga qarshi guruh bosqichining ikkinchi tur o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
UEFA bayonnomasiga ko‘ra, Chempionlar Ligasi o‘yinlarida qatnashish uchun futbolchida o‘yindan bir hafta oldin manfiy natija qayd etilishi kerak.
Ronaldu koronavirusga chalingani haqida 13 oktyabr kuni xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, u terma jamoaga qo‘shilishidan oldin karantin choralariga amal qilish masalasida "Yuventus" rahbariyati bilan ziddiyatga borgandi.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr