Ronaldu APL chempioniligini qo‘lga kiritishimizga yordam beradi – Fred

Sport

image

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Fred Rodriges portugaliyalik Krishtianu Ronalduning qaytishi jamoa futbolchilarining psixologiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.

“Ronaldu bilan mashg‘ulot o‘tkazish ajoyib, u juda yaxshi inson. Umid qilamanki, u APLda chempionlikni qo‘lga kiritishimizga yordam beradi. Biz Krishtianuning kimligini bilamiz, chunki u g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘radi. Doimo jamoani oldinga boshlaydi, shuning uchun u bilan bir jamoada o‘ynash uchun yuqori tempda harakat qilishingiz kerak”, deydi braziliyalik futbolchi.

Fred, shuningdek, Ronalduning jamoadagi o‘rni va mashg‘ulotlarda qanday ishlashi haqida o‘z fikrini bildirdi:

“U motivatsiyaga boy va bizdan mashg‘ulotlarda ham g‘alaba qozonishimizni so‘raydi. Uning kuchli psixologiyasi va katta maqsadlari bor, shuning uchun ham jamoada uning o‘rni juda muhim. Krishtianu sport zalida ko‘p ishlaydi. Ronalduning to‘psiz harakatlanishini kuzatsangiz, mahorati qay darajada ekanini tushunib yetasiz”.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2003-2009 yillar davomida MYUda faoliyat yuritgan va 292 uchrashuvda maydonga tushib, 118 gol va 67 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

APL MYu Krishtianu Ronaldu Fred

Baholaganlar

38

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing