Ronaldu “Al-Hilol” muxlislariga nisbatan hurmatsizlik qildi (video)

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al-Hilol” muxlislariga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, voqea “Al-Hilol” va “Al-Nasr” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin sodir bo‘lgan. O‘yin yakunida muxlislar kiyim almashtirish xonasiga kirib borayotgan Ronalduga “Al-Hilol” sharfini tashlagan. Ronaldu sharfni qo‘liga olib axloqsiz harakatni amalga oshirgan.

Qayd etilishicha, “Al-Hilol” muxlislari o‘yin davomida “Messi, Messi”, deb baqirgan. Ronaldu bir necha bor tribunaga qarab “Men bu yerda o‘ynayapman, Messi emas” deb javob qaytargan. 

Ma’lumot uchun, “Al-Hilol” – “Al-Nasr” o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida Ronalduning jamoasi 2:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Hilol Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing