Ronaldu axloqsiz xatti-harakati uchun jazolanadigan bo‘ldi

Sport

image

“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘tgan hafta o‘yinda qilgan odobsiz xatti-harakati uchun jarimaga tortildi va bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi o‘z bayonotida ma’lum qildi.

Joriy yilning 25 fevral kuni “Al-Nasr” safarda “Al-Shabab”ni mag‘lub etdi (3:2). O‘yinda hisobni ochgan Ronaldu final hushtagi chalinganidan so‘ng, kiyim almashtirish xonasiga ketayotganda tribunadagi muxlislarga qarab axloqsiz harakatni amalga oshirdi.

Ronalduning odobsiz imo-ishorasi o‘yin davomida argentinalik hujumchi Lionel Messining ismini baqirib aytgan raqib muxlislariga qaratilgan. 26 fevral kuni Saudiya futbol federatsiyasi Krishtianuning qilgan ishi bo‘yicha tekshiruv boshladi.

Qayd etilishicha, futbolchi federatsiya tartib-intizom qo‘mitasi reglamentini buzgani uchun 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan. Ronaldu shuningdek, 30 ming Saudiya riyali (7,9 ming dollar), 20 ming (5,3 ming dollar) “Al-Shabab”ga va yana qo‘shimcha 10 ming (2,6 ming dollar) miqdorida jarima to‘lashi kerak.

Ta’kidlash joiz, bunday holat Saudiya Arabistonida portugaliyalik futbolchi bilan birinchi marta sodir bo‘lmayapti. 8 fevral kuni “Al-Hilol” – “Al-Nasr” (2:0) o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng maydondan chiqayotib Ronaldu muxlislar futbolchiga qarata uloqtirgan “Al-Hilol” sharfini qo‘liga olib, axloqsiz harakatlar qilgan. “Al-Hilol” muxlislari o‘yin davomida “Messi, Messi”, deb baqirgan. Ronaldu bir necha bor tribunaga qarab “Men bu yerda o‘ynayapman, Messi emas” deb javob qaytargan. 


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing