Ronaldu 20 yilda ilk bor Yevropa ligasida o‘ynaydi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Yevropa ligasida ishtirok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida xabar berildi.

Qayd etish kerakki, ro‘yxatga oxirgi marta 2002-2003 yilgi mavsumda Yevropa ligasida o‘ynagan Krishtianu Ronaldu ham kiritilgan.  O‘sha paytlarda Yevropa ligasi UEFA kubogi deb nomlanardi. Ronaldu faoliyatidagi ilk professional klub “Sporting” tarkibida ushbu musobaqada qatnashgan. Shundan so‘ng Krishtianu faqatgina Yevropa Chempionlar ligasida o‘ynagan.

“Manchester Yunayted”ning Yevropa ligasi uchun qaydnomasi bilan tanishing: 

Darvozbonlar: David De Xea, Martin Dubravka, Tom Xiton;

Himoyachilar: Diogu Dalot, Viktor Lindelef, Xarri Maguayr, Tirell Malasia, Lisandro Martines, Lyuk Shou, Aksel Tuanzebe, Rafael Varan, Aaron Uan-Bissaka;

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Kristian Eriksen, Brunu Fernandesh, Fred, Skott Maktomini, Fakundo Pelistri, Djeydon Sancho, Donni van de Bek;

Hujumchilar: Antoni, Alexandro Garnacho, Antoni Marsyal, Markus Reshford, Krishtianu Ronaldu.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing