Ronaldu oilasidagi fojia uning karerasiga salbiy ta’sir qildimi?
Sport
−
20 fevral 2023
36170Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning “Manchester Yunayted” klubi bilan mojarolari hamda o‘yin sifatining tushishiga o‘g‘lining tug‘ilishi bilanoq vafot etgani katta sabablardan biri bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Sport 24” nashri xabar berdi.
Ko‘plab muxlislar Ronalduning bosh murabbiy bilan kelisha olmagani hamda Yevropa Ligasida “Manchester Yunayted” safida o‘ynashni istamagani uchun isyon ko‘targan deb o‘ylagan, ammo buning boshqa sabablari ham bo‘lgan.
Futbolchining qariyb 20 yillik do‘sti va agenti bo‘lgan Jorje Mendeshning so‘zlariga ko‘ra, Ronaldu 2022 yil 18 aprelda tug‘ilgan egizak farzandlaridan biri vafot etgani uchun chuqur qayg‘uda bo‘lgan.
Natijalarga qaraydigan bo‘lsak, aprelda mashhur portugaliyalik “Manchester Yunayted” safida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan: “Norvich” bilan o‘yinda xet-trik qayd etgan, “Arsenal” va “Chelsi” darvozasiga ham gol urgan va 18 ta gol bilan APLning uchinchi to‘purari bo‘lgan.
Futbolchining do‘stiga ko‘ra, vafot etgan o‘g‘lining qayg‘usi uni ruhan cho‘ktirgan. Bu esa uning klub safidagi keyingi faoliyatiga ham ta’sirini o‘tkazmay qolmagan.
Ta’kidlash joizki, hozirda Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” futbolchisiga aylandi va yangi jamoada o‘zining ham jismoniy, ham ruhiy holatini tiklab oldi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yakunida “Al-nasr” klubi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi. Shartnoma 2025 yilgacha mo‘ljallangan.
Mushtariy G‘aniyeva
LiveBarchasi