Ronaldinoning rejasi ochiqlandi

Sport

image

Braziliyalik sobiq futbol yulduzi Ronaldino kibersportchilik faoliyatini boshlashi mumkin.

Futbolchining aytishicha, u vatandoshlari bo‘lgan kibersportchilarni to‘plagan holda yangi jamoa tashkil qilmoqchi.

Futbolchi PES yoki FIFA videoo‘yinlarida faoliyatini boshlashi katta ehtimol. Ronaldinoning o‘zi barcha tafsilotlarni oshkor qilishni xohlamayapti.

Braziliyalikning jamoasi R10 deb nomlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq kibersport Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Ronaldino 1980 yilda Braziliyaning Portu-Alegri shahrida dunyoga kelgan. U faoliyati davomida "Barselona", "Milan", "Flamengo", "PSJ" kabi klublarda to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldin'o kibersport rejasi

Baholaganlar

76

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing