Ronaldinoning onasi koronavirusdan vafot etdi
Sport
−
21 fevral 2021 7296 1 daqiqa
“Barcyelona” klubi va Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldinoning onasi Migelina Dos Santos koronavirusdan vafot etdi. Bu haqda “America TV” xabar berdi.
Mashhur futbolchining onasi 71 yoshida vafot etdi. U dekabr oyida kasalxonaga yotqizilgandi. Ronaldino klubda o‘ynagan paytda “Atletiko Mineyro” prezidenti bo‘lgan Belo-Uizonte shahar hokimi Aleksandr Kalil futbolchining onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.
O‘tgan yilning dekabr oyida futbolchining o‘zi onasi kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edi. Keyinchalik ayol reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Live
Barchasi