Ronaldino Angliyadagi eng sevimli klubini aytdi
Sport
−
11 iyun 2022
4113“Barselona” va Braziliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Ronaldino Angliya Premer ligasidagi eng sevimli jamoasi “Liverpul” ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.
“Angliya jamoalari ichida faqat bittasini tanlash qiyin. Menga turli jamoalardagi futbolchilarning o‘yin uslubi yoqadi. Lekin men baribir “Liverpul”ni tanlagan bo‘lardim. Men mersisaydliklar jamoasi hujumchilarining harakatlarini tomosha qilishni juda yaxshi ko‘raman”, degan afsonaviy futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer ligasining o‘tgan mavsumida "qizillar" 38 o‘yinda 92 ochko to‘pladi va musobaqa jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Yurgen Klopp jamoasi o‘tgan mavsumda Angliya kubogi va Liga kubogini qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasi finalida esa “Liverpul” “Real Madrid”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi