Ron DeSantis prezidentlik poygasidan chiqdi 

Olam

image

Florida gubernatori Ron DeSantis AQSH prezidentlik saylovlarida ishtirok etishdan bosh tortdi va Donald Trampni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

“Bizni qo‘llab-quvvatlagan odamlardan, agar bizda g‘alaba sari aniq yo‘l bo‘lmasa, o‘z vaqtlarini va resurslarini xayriya qilishni so‘ray olmayman. Bugun men saylovoldi tashviqotim to‘xtatilganini e’lon qilaman”, deydi u.

DeSantis sobiq prezident Donald Tramp bilan ba’zi masalalarda kelishmasa ham, u amaldagi Prezident Jo Baydendan ustun deb hisoblashini aytdi va uni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Respublikachilar partiyasining praymerizlarida hozir ikki nomzod – 45-prezident Donald Tramp va AQSHning BMTdagi sobiq elchisi hamda Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp prezidentlik saylovi Ron DeSantis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made